locale OZ

«Chelsi» Aleks Skott uchun 120 million yevro taklif qilishga tayyor

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
«Chelsi» Aleks Skott uchun 120 million yevro taklif qilishga tayyor
Фото: Getty Images

«Chelsi» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda. London klubi 23 yoshli futbolchi transferi uchun 100 million funt sterlingdan (120 million yevro) ko‘proq mablag‘ to‘lashga tayyor. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Skott hali o‘z kelajagi borasida «Bornmut» rahbariyatiga yakuniy qarorini bildirmagan. Biroq «ko‘klar» futbolchiga manfaatli shartlarni taklif qilish orqali uni o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonmoqda.

Joriy mavsumda Skott barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting