locale OZ

Ronaldu beshinchi yildirki, «Oltin to‘p» ovoz berish jarayonida ishtirok etmadi

Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.
Futbol
Ronaldu beshinchi yildirki, «Oltin to‘p» ovoz berish jarayonida ishtirok etmadi
Фото: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi va «Al-Nasr» klubi sardori Krishtianu Ronaldu France Football nashri bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli ketma-ket beshinchi yil «Eng yaxshi yosh futbolchi» nominatsiyasi bo‘yicha «Oltin to‘p» ovoz berish jarayonida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya futbolining sobiq yulduzlari Zinedin Zidan va Mishel Platini ham mazkur nominatsiya bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmagan.

Joriy yilda «Eng yaxshi yosh futbolchi» sovrini «Barselona» hujumchisi Lamin Yamalga nasib etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda o‘sha paytda France Football bosh muharriri bo‘lgan Paskal Ferre Ronaldu unga o‘zining asosiy maqsadi faoliyatini Lionel Messidan ko‘proq «Oltin to‘p» sovrinlari bilan yakunlash ekanini aytganini ma’lum qilgan edi.

Keyinchalik Ronaldu Ferrening bu gaplarini rad etib, uni yolg‘onchilikda ayblagan. Shuningdek, portugaliyalik yulduz «Oltin to‘p» bilan bog‘liq barcha tadbirlarni boykot qilishni boshlagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting