locale OZ

«Bavariya» Martin Edegor bilan aloqani saqlab kelmoqda

Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
«Bavariya» Martin Edegor bilan aloqani saqlab kelmoqda
Фото: Getty Images

«Bavariya» hamda «Arsenal» sardori Martin Edegor so‘nggi bir necha yil davomida doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda. Norvegiyalik futbolchi Germaniya grandi safida faoliyatini davom ettirish ehtimolini ham istisno qilmayapti. Bu haqda Sky Sport Germany xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» 27 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani imkon qadar tezroq uzaytirish ustida ishlamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozida yakuniga yetadi.

Agar tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmasa, London klubi Edegorni 2027-yilning yozida sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. «Bavariya»dan tashqari, Yevropaning boshqa yetakchi klublari ham norvegiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Edegor 2021-yilning yozidan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting