APL. «Manchester Siti» – «Brayton»: asosiy tarkiblar e’lon qilindi
Oʻyin soat 20:00da boshlanadi.
Futbol
Фото: Getty Images
Angliya Premyer-ligasining 9-turi doirasida «Manchester Siti» oʻz maydonida «Brayton»ni qabul qiladi.
Uchrashuv oldidan har ikki jamoaning boshlangʻich tarkiblari e’lon qilindi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «shaharliklar»ning asosiy tarkibidan joy oldi.
APL. 9-tur
20:00. «Manchester Siti» – «Brayton»
«Manchester Siti»ning asosiy tarkibi: Donnarumma, Nunes, Husanov, Dias, Gvardiol, Buaddi, Anderson, Fernandes, Ndiaye, Doku, Holand.
«Brayton»ning asosiy tarkibi: Verbruggen, Dunk, Gross, Chema, Kostoulas, Kostinha, Boscagli, Gomes, Ayari, De Kuyper, Vushkovich.