locale OZ

Superliga. «Surxon» va «Nasaf» voha derbisida durang o‘ynadi

Termizda kechgan bahsda jamoalar bittadan gol urdi. «Nasaf» esa o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi.
Futbol
Superliga. «Surxon» va «Nasaf» voha derbisida durang o‘ynadi
Фото: Сурхон ПФК

O‘zbekiston Superligasining 26-turi doirasida «Surxon» va «Nasaf» jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Dastlab 66-daqiqada Komronbek Yusupovning uzatmasidan so‘ng Tornike Dzebniauri raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Surxon»ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq mezbonlarning ustunligi uzoqqa cho‘zilmadi. Oradan yetti daqiqa o‘tib, 73-daqiqada Bobur Abduxoliqovning golli uzatmasini Sardorbek Bahromov samarali yakunladi va muvozanatni tikladi — 1:1.

Uchrashuvning 84-daqiqasida «Nasaf» yarim himoyachisi Murodbek Rahmatov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Natijada qarshiliklar bahsning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Ushbu natijadan keyin «Nasaf» 26 ta uchrashuvda 42 ochko jamg‘ardi. «Surxon» esa ochkolari sonini 30 taga yetkazdi.

O‘zbekiston Superligasi. 26-tur.

31-oktyabr.

«Surxon» — «Nasaf» — 1:1

Gollar: Tornike Dzebniauri, 66 (1:0), Sardorbek Baxromov, 73 (1:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting