«Chelsi» va «Manchester Yunayted» «Real Sosedad» hujumchisiga qiziqmoqda — Marca
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
Angliyaning “Chelsi” hamda “Manchester Yunayted” klublari Ispaniyaning “Real Sosedad” jamoasi hujumchisi Ander Barrenecheaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, har ikki APL klubi zaxira va rotatsiya futbolchilari uchun ortiqcha mablag‘ sarflashni istamayapti. Shu bois Barrenechea aynan ushbu rol uchun eng maqbul variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi “Real Sosedad” safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist