«Barselona» va «Real»ning so‘nggi beshta «El Klasiko»dagi natijalari
«Barselona» va «Real»ning so‘nggi beshta «El Klasiko»dagi natijalari
Jamoalar o‘zaro so‘nggi beshta rasmiy bahsidan to‘rttasida «Barselona» g‘alaba qozongan.
Bugun, 25 oktyabr kuni Ispaniya La Ligasi 10-turi doirasida «Barselona» va «Real» o‘zaro bahs olib boradi. «Spotify Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 26 oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi. Bosh hakam — Xuan Martines Munuyera.
Jamoalarning o‘zaro so‘nggi beshta rasmiy bahsi natijalari:
10.05.2026, La Liga, 35-tur: «Barselona» — «Real» 2:0;
11.01.2026, Ispaniya Superkubogi, final: «Barselona» — «Real» 3:2;
26.10.2025, La Liga, 10-tur: «Real» — «Barselona» 2:1;
11.05.2025, La Liga, 35-tur: «Barselona» — «Real» 4:3;
26.04.2025, Ispaniya kubogi, final: «Barselona» — «Real» 3:2.
Ma’lumot uchun, ushbu beshta bahsning to‘rttasida «Barselona» g‘alaba qozongan, «Real» esa bir marta ustun kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi «El Klasiko» La Liga 10-turi doirasida bo‘lib o‘tadi.