\"Atletiko\" Oblakka o‘rinbosar topdi
Madrid klubi muzokaralarni boshlash arafasida
Photo: Getty Images
“Mallorka” darvozaboni Leo Roman faoliyatini Madridning “Atletiko” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar tarqatmoqda.
Manbada aytilishicha, Madrid klubi 24 yoshli posbonni darvoza pozitsiyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Klub aynan Romanini Oblakka o‘rinbosar sifatida munosib deb bilmoqda.
Ispaniyalik darvozabonning “Mallorka” bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan, uning tovon puli esa 10 million yevro.
O‘tgan mavsumda La Ligada Roman 7 o‘yinda qatnashdi va 10 bor o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist