«Atletiko» Devidni «Yuventus»dan sotib olishni rejalashtirmoqda
«Atletiko» klubi hujumchi Jonatan Devidni «Yuventus»dan to‘liq transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar klubda kanadalik futbolchini butunlay sotib olish masalasini muhokama qilishni boshlashgan. Ta’kidlanishicha, transfer qiymati taxminan 25 million yevroni tashkil qilishi mumkin. To‘lov esa to‘rt yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda «Atletiko» Devidning maoshining taxminan 60 foizini qoplamoqda, qolgan qismini esa «Yuventus» to‘lab bermoqda. «Matraschilar» yakuniy qarorni yaqin vaqt ichida qabul qilishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli Devid «Atletiko» safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.