«Liverpul» Van Deyk bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk kelasi mavsumda ham jamoada qolishi mumkin.
TuttoJuve nashrining xabar berishicha, «Liverpul» 35 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu orqali mersisaydliklar niderlandiyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni istagan «Yuventus»ning umidlariga chek qo‘yishi mumkin.
«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola jamoa sardorining kelasi yil ham klubda qolishini istamoqda. Shu sababli klub 2027-yil boshida himoyachi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash niyatida.
Van Deyk joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Futbolchining Angliya grandidagi amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.