locale OZ

Deontey Uaylder va Jay Opetaya jangi rasman e’lon qilindi

Jang 11-dekabr kuni Uelsning Kardiff shahrida, Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Boks
Deontey Uaylder va Jay Opetaya jangi rasman e’lon qilindi
Foto: Getty Images

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder avstraliyalik Jay Opetayaga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 11-dekabr kuni Uelsning Kardiff shahrida, Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, birinchi og‘ir vaznda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan Opetaya ushbu jang uchun og‘ir vazn toifasiga ko‘tariladi. U o‘z faoliyatidagi eng jiddiy sinovlardan birida kuchli zarbalari bilan tanilgan amerikalik sobiq chempionga qarshi bahs olib boradi.

Uaylder uchun mazkur uchrashuv og‘ir vazndagi mavqeini mustahkamlash imkoniyati hisoblanadi. Opetaya esa yangi vazn toifasida o‘z salohiyatini namoyish etishni maqsad qilgan. Boks oqshomining asosiy bahsida ko‘p yillardan buyon kutilgan Fyuri va Joshua to‘qnashuvi o‘tkaziladi. Tadbir Netflix platformasida namoyish etilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli Deontey Uaylder professional faoliyatida 45 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan. 31 yoshli Jay Opetaya esa shu kungacha o‘tkazgan 31 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting