J30 Andijan Cup turniri yakunlandi: Abdurahmon Karimov — chempion
J30 Andijan Cup turniri yakunlandi: Abdurahmon Karimov — chempion.
Andijonda ITF World Tennis Tour Juniors J30 turkumidagi Andijan Cup xalqaro turniri yakunlandi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida o‘zbekistonlik Abdurahmon Karimov chempion bo‘ldi. U finalda Andrey Tkachenko ustidan 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Qizlar o‘rtasidagi yakkalik finalida neytral maqomdagi Viktoriya Nahibovich O‘zbekiston vakili Muslimaxon Turdimurodovani 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
O‘g‘il bolalar juftligida Nikita Gafurov (O‘zbekiston) / Zhantore Sanzharuly (Qozog‘iston) g‘olib bo‘ldi. Finalda ular o‘zbekistonlik Saidumar Saidakbarov / Ahmadjon Toshmuhamedov juftligini 6:2, 6:7(6), 10:6 hisobida mag‘lub etishdi.
Qizlar juftligida neytral maqomdagi Marta Karas / Mariia Maltseva chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ular finalda neytral maqomdagi Stanislava Aleinikava / Viktoriya Nahibovich juftligini 6:2, 7:6(5) hisobida yengdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.