Sergey Lebedev 57 yoshda vafot etdi
O‘zbekiston futboli faxriysi, 1994-yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi Sergey Lebedev 24-noyabr kuni 57 yoshda vafot etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sergey Lebedev 1969-yil 31-yanvarda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U yarimhimoyachi sifatidagi futbolchilik faoliyatining asosiy qismini mahalliy «Neftchi» jamoasi tarkibida o‘tkazib (uzilishlar bilan 1989-2006-yillar oralig‘ida), besh marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan va ikki marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, 1994–2000-yillarda O‘zbekiston milliy jamoasi safida jami 33 o‘yin o‘tkazib, 10 gol urgan. Xususan, 1994-yilgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan jamoa tarkibida bo‘lgan.
U 1997-yil jahon yulduzlari jamoasiga chaqirilgan va MDH makonining bunday darajadagi o‘yinda ishtirok etgan yagona vakili bo‘lgandi.