locale OZ

UFC sobiq jangchisi chempionlik kamaridan voz kechib, yangi tashkilot bilan shartnoma imzoladi

Uning ACB JJ doirasidagi ilk bellashuvi 20-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
UFC sobiq jangchisi chempionlik kamaridan voz kechib, yangi tashkilot bilan shartnoma imzoladi
Foto: Getty Images

Qozog‘istonlik MMA jangchisi Jalg‘as Jumagulov braziliya jiu-jitsusi va grepp ling bo‘yicha musobaqalar tashkil etuvchi ACB JJ xalqaro ligasi bilan shartnoma imzoladi. Sportchi bu haqda Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Jumagulov yangi tashkilot bilan to‘rtta bellashuvga mo‘ljallangan kelishuvga erishgan. Uning ACB JJ doirasidagi ilk bellashuvi 20-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi. Hozircha raqibining nomi oshkor qilinmagan.

Qozog‘istonlik jangchi 21-noyabr kuni Yevropaning OKTAGON MMA tashkilotini tark etishi va o‘ta yengil vazn toifasidagi chempionlik kamaridan voz kechishini e’lon qilgan edi. Sportchi ushbu qarorini munosib raqiblar yetishmayotgani bilan izohlagan.

Ma’lumot uchun, Jalg‘as Jumagulov 2020–2023-yillarda UFC tashkilotida faoliyat olib borgan. 38 yoshli jangchi professional MMA faoliyati davomida 19 ta g‘alaba va to‘qqizta mag‘lubiyat qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting