locale OZ

«Bavariya» qishki transfer oynasida shoshilmoqchi emas

10-turdan keyin myunxenliklar turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
«Bavariya» qishki transfer oynasida shoshilmoqchi emas
Фото: Getty Images

«Bavariya» sport direktori Maks Eberl jamoaning qishki transfer oynasidagi ehtimoliy rejalari haqida fikr bildirdi.

Myunxenliklar rahbariyati tarkibni kuchaytirish masalasida shoshilinch qaror qabul qilmoqchi emas. Eberlning ta’kidlashicha, yanvar oyida yangi futbolchilarni xarid qilish oson emas, chunki klublar mavsum o‘rtasida o‘z yetakchilarini qo‘yib yuborishni istashmaydi.

«Vaziyatni xotirjamlik bilan baholab olishimiz kerak. Biz shoshilmaymiz. Agar qandaydir qadam tashlaydigan bo‘lsak, bu qaror o‘zini oqlashi lozim.

Yanvar oyida futbolchilarni sotib olish qiyinroq, chunki hech bir klub mavsum o‘rtasida o‘z yetakchilarini qo‘yib yuborishni xohlamaydi. “Bavariya” haqida gap ketganda esa bizga jamoamizni kuchaytira oladigan yoki kamida hozirgi saviyamizga mos keladigan futbolchilar kerak. Bunday o‘yinchilarni topish oson emas», — dedi Eberl Sky Sport nashriga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Bavariya» Maykl Olise va Harri Keynning jarohatlari sababli ularning xizmatlaridan ayrilgan edi.

Bundesliganing 10-turidan keyin myunxenliklar turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam Dortmundning «Borussiya»sidan ikki ochko ortda qolmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting