locale OZ

Gimarayes: «Nyukasl»da butun o‘yin men orqali qurilardi, ammo «Arsenal»da vaziyat boshqacha

«Arsenal» Brunoni yozgi transfer oynasida «Nyukasl»dan 87,5 million yevroga sotib olgan edi.
Futbol
Gimarayes: «Nyukasl»da butun o‘yin men orqali qurilardi, ammo «Arsenal»da vaziyat boshqacha
Фото: Getty Images

«Arsenal» yarim himoyachisi Bruno Gimarayes «Nyukasl»dan London klubiga o‘tganidan keyingi moslashuv jarayoni haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchining ta’kidlashicha, «Nyukasl»da o‘yin asosan uning atrofida qurilgan bo‘lsa, «Arsenal»da u jamoaviy o‘yin uslubiga moslashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

«Nyukasl»da butun o‘yin men orqali qurilardi, ammo “Arsenal”da vaziyat boshqacha. Endi jamoa menga moslashishi emas, balki men jamoaga moslashishim kerak.

“Nyukasl”da bajargan ishlarim bilan bu yerda qilayotgan ishlarim o‘rtasida katta farq bor. Moslashuv jarayoni vaqt talab qiladi, ammo barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman», — deya Gimarayesning so‘zlarini keltiradi Arsenal Radar.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» Bruno Gimarayesni yozgi transfer oynasida «Nyukasl»dan 87,5 million yevroga sotib olgan edi.

Braziliyalik yarim himoyachi London klubi safida hozirga qadar 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol muallifi bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting