locale OZ

Kalafiori faoliyatida qaysi futbolchiga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lganini aytdi

Shuningdek, kimga qarshi o‘ynashni istashini ham aytib o‘tdi.
Futbol
Kalafiori faoliyatida qaysi futbolchiga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lganini aytdi
Фото: Getty Images

«Arsenal» himoyachisi Rikkardo Kalafiori o‘ziga qarshi maydonga tushgan eng qiyin raqib va kelajakda o‘ynashni istaydigan futbolchisi haqida gapirdi.

Italiyalik futbolchining fikricha, «Bavariya» vingeri Maykl Olise unga qarshi o‘ynash eng qiyin bo‘lgan raqiblardan biri hisoblanadi.

«Maykl Olise — menga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri kelgan eng qiyin raqiblardan biri. Kelajakda kimga qarshi o‘ynashni istardim? Lamin Yamalga qarshi. Men u bilan faqat markaziy himoyachi sifatida to‘qnash kelganman. Endi esa himoyaning qanotida harakatlanib, unga qarshi o‘ynashni xohlardim», — deya Kalafiorining so‘zlarini keltiradi Arsenal Radar.

Qayd etish joiz, 24 yoshli Kalafiori joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni «Arsenal» Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 25-noyabr kuni soat 01:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting