locale OZ

“Barselona” Florentino Peresga qarshi sudga murojaat qildi

Madrid klubi prezidenti Negreyra ishini futbol tarixidagi eng yirik mojaro sifatida baholab, kataloniyaliklarni korrupsiyada ayblagan.
Futbol
“Barselona” Florentino Peresga qarshi sudga murojaat qildi
Foto: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peresdan Negreyra ishi bo‘yicha bildirgan ayblovlarini qaytarib olishni talab qilmoqda. Tomonlar 25-noyabr kuni Madrid sudida uchrashishi belgilangan. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mojaro Peresning 12-may kuni o‘tkazgan matbuot anjumani va ertasi kuni La Sexta telekanaliga bergan intervyusidan so‘ng boshlangan. Madrid klubi prezidenti Negreyra ishini futbol tarixidagi eng yirik mojaro sifatida baholab, kataloniyaliklarni korrupsiyada ayblagan.

“Barselona” prezidenti Joan Laporta va klub huquqshunoslari mazkur bayonotlar jamoaning obro‘siga jiddiy putur yetkazganini ta’kidlamoqda. Agar Peres o‘z ayblovlarini qaytarib olmasa, kataloniyaliklar unga nisbatan tuhmat bo‘yicha jinoiy tartibda shikoyat kiritishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Negreyra ishi “Barselona”ning 2001–2018-yillarda Ispaniya hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra bilan bog‘liq kompaniyalarga amalga oshirgan to‘lovlari yuzasidan olib borilayotgan tergov bilan bog‘liq. Klub o‘ziga nisbatan ilgari surilgan korrupsiya ayblovlarini rad etib keladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting