locale OZ

«Bavariya» Olisening «Real»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Fransuz futbolchisining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
«Bavariya» Olisening «Real»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Фото: Getty Images

«Bavariya» sport direktori Maks Eberl jamoa hujumchisi Maykl Olisening Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Madridning “Real” klubidan bizga ikki marta qo‘ng‘iroq qilishdi. Ular Olise bilan hech qanday aloqa o‘rnatishmaganini aytishdi», — deya Eberlning so‘zlarini keltiradi SPORT BILD.

Avvalroq OAVda «Real» 24 yoshli fransuz futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida bir necha bor xabarlar tarqalgan edi. Biroq «Bavariya» o‘zining yetakchi hujumchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Maykl Olise joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etish joiz, fransuz futbolchisining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting