locale OZ

FIFA futboldagi qoidabuzarliklar haqida anonim xabar berish xizmatini ishga tushirdi

Yangi tizim FIFA tashkil etadigan musobaqalarda ishtirok etadigan futbolchilar va hakamlar uchun mo‘ljallangan.
Tennis
FIFA futboldagi qoidabuzarliklar haqida anonim xabar berish xizmatini ishga tushirdi
photo: Tennis Uzbekistan

FIFA futboldagi qoidabuzarliklar haqida anonim xabar berish xizmatini ishga tushirdi.

Yangi tizim FIFA tashkil etadigan musobaqalarda ishtirok etadigan futbolchilar va hakamlar uchun mo‘ljallangan. U orqali kelishilgan o‘yinlar tashkil etilishi yoki musobaqalar halolligiga putur yetkazuvchi boshqa qoidabuzarliklar haqida xabar berish mumkin.

Murojaatlarni elektron pochta, SMS yoki maxsus onlayn shakl orqali yuborish mumkin. Barcha ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri FIFAning sport halolligi masalalari bo‘yicha bo‘limiga kelib tushadi.

FIFAning sport halolligi masalalari bo‘yicha katta menejeri Liam Richning ta’kidlashicha, yangi xizmat futbolchilar va hakamlarga shaxsini oshkor qilmagan holda ehtimoliy qoidabuzarliklar haqida xavfsiz xabar berish imkonini beradi.

Shuningdek, xizmat orqali futbolchilarga ijtimoiy tarmoqlarda nisbatan haqorat va tazyiq holatlari haqida ham ma’lumot berish mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting