locale OZ

RIZIN chempioni eski raqibiga qarshi revansh jangini o‘tkazadi

Yengil vazn chempioni Luis Gustavo yaponiyalik taniqli jangchi Mikuru Asakuraga qarshi revansh jangida ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
RIZIN chempioni eski raqibiga qarshi revansh jangini o‘tkazadi
Foto: Getty Images

Yaponiyaning RIZIN promousheni yil yakunidagi yirik turnir uchun navbatdagi shov-shuvli bellashuvni tasdiqladi. Yengil vazn chempioni Luis Gustavo yaponiyalik taniqli jangchi Mikuru Asakuraga qarshi revansh jangida ishtirok etadi. Bu haqda MMA Fighting nashri 4-noyabr kuni xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jang 31-dekabr kuni Nagoya shahrida o‘tkaziladigan Super RIZIN 6 turnirida bo‘lib o‘tadi. Ushbu to‘qnashuv kechaning ikkinchi asosiy jangi sifatida belgilangan.

Gustavo va Asakura ilgari ham o‘zaro to‘qnash kelgan. Endilikda ular yana bir bor kuch sinashadi. Biroq promoushen hozircha ushbu revanshda chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yilishini tasdiqlamagan.

Ma’lumot uchun, Super RIZIN 6 turniri doirasida jami o‘nta jang e’lon qilingan. Kechada uchta chempionlik bellashuvi va ikkita Gran-pri finali tashkil etiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting