“Galatasaroy” yangi yulduzini yo‘qotishdan xavotirda! Klub 55 million yevrolik shartni o‘zgartirmoqchi
Turkiyaning “Galatasaroy” klubi rahbariyati rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Batrakov bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Istanbul grandi yosh futbolchining kelishuviga kiritilgan tovon puli miqdorini oshirish niyatida. Bu haqda Turkiyaning NTV Spor nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Batrakovning amaldagi shartnomasida 55 million yevrolik tovon puli belgilangan. Futbolchining so‘nggi uchrashuvlardagi yorqin o‘yinlari Yevropa klublarining e’tiborini tortgani sabab “Galatasaroy” prezidenti Dursun O‘zbek ushbu summani oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Rossiyalik futbolchi Chempionlar ligasida “Shtutgart”ga qarshi uchrashuvda ikkita gol urib, jamoasiga 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Uning bu natijasi klub tarixida yangi rekord o‘rnatilishiga sabab bo‘ldi. Biroq futbolchi bilan yangi shartnoma imzolangani hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Batrakov 2026-yil avgustida Moskvaning “Lokomotiv” klubidan 25 million yevro evaziga transfer qilingan. U “Galatasaroy” safidagi dastlabki 12 ta uchrashuvida 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.