Rafinya 13 ta o‘yinda 19 ta gol urdi! Braziliyalik yulduz hech kimga imkon qoldirmayapti
“Barselona” hujumchisi Rafinya joriy mavsumda aqlbovar qilmas to‘purarlik ko‘rsatkichlarini qayd etmoqda. Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasida “Aston Villa” darvozasiga ikkita gol kiritib, Yevropaning eng sermahsul o‘yinchilaridan biri ekanini yana bir bor isbotladi. Bu haqda Asia Today nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Rafinya joriy mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Uning gollaridan to‘rttasi Chempionlar ligasiga to‘g‘ri keladi.
Braziliyalik hujumchi “Aston Villa”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida dubl qayd etdi. Shu tariqa kataloniyaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnirdagi ochkolari sonini to‘qqiztaga yetkazdi.
Ma’lumot uchun, Rafinya Chempionlar ligasida “Barselona” safida 23 ta gol urgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u klubning tarixiy to‘purarlari orasida yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi.