locale OZ

“Roma” Chempionlar ligasi tarixidagi eng alamli antirekordlardan birini o‘rnatdi

Rimliklar bir mavsumning o‘zida ikki bor ikkita gol farqi bilan oldinda borib, yakunda mag‘lub bo‘lgan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.
Futbol
“Roma” Chempionlar ligasi tarixidagi eng alamli antirekordlardan birini o‘rnatdi
Foto: Getty Images

Italiyaning “Roma” klubi Chempionlar ligasida kutilmagan antirekord qayd etdi. Rimliklar bir mavsumning o‘zida ikki bor ikkita gol farqi bilan oldinda borib, yakunda mag‘lub bo‘lgan tarixdagi ilk jamoaga aylandi. Bu haqda IFFHS 4-noyabr kuni xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Roma” avval “Real Madrid”ga qarshi bahsda 3:1 hisobida oldinga chiqib olgan, ammo yakunda 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Xuddi shunday holat “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda ham takrorlangan.

Rimliklar Manchesterda dastlabki 17 daqiqada ikkita gol urishgan. Biroq mezbonlar Bruno Fernandesh va Mateus Kunyaning gollari evaziga hisobni o‘zgartirib, 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, “Roma” ayni mavsumda Chempionlar ligasida ikki marta ikki gollik ustunlikni boy berib, har ikkala uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting