locale OZ

“Real Madrid” sobiq hujumchisiga qarshi o‘ynaydi

Luka Yovich Madrid klubini to‘xtata oladimi?
Futbol
“Real Madrid” sobiq hujumchisiga qarshi o‘ynaydi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini Gretsiyaning AEK klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahsning e’tiborli jihatlaridan biri madridliklarning sobiq hujumchisi Luka Yovichning o‘zining avvalgi jamoasiga qarshi maydonga tushish imkoniyatidir. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Yovich 2019–2022-yillarda “Real Madrid” sharafini himoya qilgan. Endilikda serbiyalik hujumchi AEK tarkibida Ispaniya grandiga qarshi to‘qnash kelishi mumkin.

Madridliklar uchun Gretsiyadagi uchrashuv oson kechmasligi mumkin. “Real” Yevropa musobaqalari tarixida grek klublariga qarshi safarda o‘tkazgan sakkizta uchrashuvining faqat bittasida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, AEK va “Real Madrid” Yevropa musobaqalarida avval to‘rt marta uchrashgan. Har ikki jamoa bittadan g‘alabaga erishgan, yana ikkita bahs durang bilan yakunlangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting