locale OZ

19 ta jangda mag‘lub bo‘lmagan chempion RIZINdagi so‘nggi jangini o‘tkazadi!

U promoushenni tark etishidan oldin chempionlik kamarini yana bir bor himoya qiladi.
Boshqa sport turlari
19 ta jangda mag‘lub bo‘lmagan chempion RIZINdagi so‘nggi jangini o‘tkazadi!
Foto: Getty Images

Qirg‘izistonlik mag‘lubiyatsiz jangchi Rajabali Shaydullayev Yaponiyaning RIZIN tashkilotidagi so‘nggi jangiga tayyorlanmoqda. U promoushenni tark etishidan oldin chempionlik kamarini yana bir bor himoya qiladi. Bu haqda MMA Fighting nashri 4-noyabr kuni xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Shaydullayev 31-dekabr kuni Nagoyada tashkil etiladigan Super RIZIN 6 turnirida yaponiyalik Kyoma Akimotoga qarshi jang qiladi. Bellashuv yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘izistonlik sportchi 2027-yilda MVP MMA tashkilotiga o‘tishi rejalashtirilgani sabab mazkur to‘qnashuv uning RIZINdagi so‘nggi chiqishi bo‘lishi kutilmoqda. Akimoto esa chempionni mag‘lub etib, uning kamarini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Shaydullayev professional MMAda 19 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Uning 18 ta g‘alabasi muddatidan oldin yakunlangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting