61 yoshli sobiq jahon chempioni yana nokaut bilan g‘alaba qozondi
Professional boksning sobiq jahon chempioni Oliver Makkoll 61 yoshida ham ringdagi faoliyatini davom ettirmoqda. Amerikalik bokschi navbatdagi bellashuvida o‘zidan yetti yosh kichik raqibini muddatidan oldin mag‘lub etdi. Bu haqda talkSPORT nashri 4-noyabr kuni xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Makkoll 54 yoshli Jeremiya Uilyamsga qarshi oltita raundga mo‘ljallangan jangda ishtirok etgan. Beshinchi raundda Uilyamsning ko‘zi ustidagi jarohat jiddiylashgani sabab hakam bellashuvni to‘xtatgan.
Makkoll 1994-yilda Lennoks Lyuisni ikkinchi raundda nokautga uchratib, WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Oradan 32 yil o‘tgan bo‘lsa-da, u professional ringda jang qilishda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Oliver Makkoll faoliyatidagi 77-jangida 62-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. U professional boksdagi debyutini 1985-yilda o‘tkazgan.