locale OZ

A Seriyaning eng yaxshi to‘purari uchun “Arsenal” va “Chelsi” kurash boshladi

Portugaliyalik futbolchining ajoyib to‘purarlik ko‘rsatkichlari sabab Angliyaning “Arsenal” va “Chelsi” klublari uni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Futbol
A Seriyaning eng yaxshi to‘purari uchun “Arsenal” va “Chelsi” kurash boshladi
Foto: Getty Images

Italiyaning “Monsa” klubi hujumchisi Gustavo Varela Yevropa grandlarining e’tiborini tortmoqda. Portugaliyalik futbolchining ajoyib to‘purarlik ko‘rsatkichlari sabab Angliyaning “Arsenal” va “Chelsi” klublari uni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda fussball-news.de nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli hujumchining o‘yinlarini “Arsenal” va “Chelsi” skautlari bir necha bor bevosita kuzatgan. Shuningdek, Dortmundning “Borussiya”si, “Leypsig”, “Tottenhem” va Italiyaning bir qator yetakchi klublari ham Varelaning holatini diqqat bilan kuzatmoqda.

“Monsa” esa o‘zining sermahsul hujumchisini arzon narxda qo‘yib yubormoqchi emas. Italiya klubi futbolchining transferidan kamida 20 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Biroq hozircha hech bir klub bilan rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Varelaning yanvar oyida jamoani tark etishi ham kutilmayapti.

Ma’lumot uchun, Gustavo Varela joriy mavsum A Seriyada 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning ikkita goli penaltidan kiritilgan. Portugaliyalik futbolchi 2026-yil yozida “Benfika”dan “Monsa”ga ko‘chib o‘tgan va klub bilan 2030-yilgacha shartnoma imzolagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting