locale OZ

Qozog‘iston promoushenining sobiq chempioni UFCda yangi jang o‘tkazishi mumkin

Yarim o‘rta vazn toifasidagi mazkur bellashuv 2027-yilning 23-yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi Meta APEX arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Boshqa sport turlari
Qozog‘iston promoushenining sobiq chempioni UFCda yangi jang o‘tkazishi mumkin
Foto: Getty Images

Qozog‘istonning Naiza promousheni sobiq chempioni, ukrainalik UFC jangchisi Daniil Donchenkoning navbatdagi raqibi amerikalik Nil Megni bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Dvoyechka MMA/UFC” Telegram kanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yarim o‘rta vazn toifasidagi mazkur bellashuv 2027-yilning 23-yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi Meta APEX arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Donchenko ayni paytda UFCda ketma-ket to‘rtta g‘alabaga ega bo‘lib, professional faoliyati davomida 16 ta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan. Uning ehtimoliy raqibi Nil Megni esa UFC yarim o‘rta vazn toifasining eng tajribali vakillaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Nil Megni 2022-yilda qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonovga qarshi oktagonga chiqib, muddatidan avval mag‘lubiyatga uchragan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting