locale OZ

«Yuventus» Syorlot transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Uning «Atletiko» bilan shartnomasi 2028-yil iyun oyining oxiriga qadar amal qiladi.
Futbol
«Yuventus» Syorlot transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda
Photo: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubiga tegishli norvegiyalik hujumchi Aleksandr Syorlot Turinining «Yuventus» klubi qiziqish doirasida qolmoqda.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi skandinaviyalik futbolchining ehtimoliy transferi borasida «Atletiko» bilan muzokaralar olib bormoqda.

Syorlot turinliklar kuchaytirmoqchi bo‘lgan hujum chizig‘i uchun munosib nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

30 yoshli norvegiyalik futbolchining bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 15 million yevro deb baholangan. Uning «Atletiko» bilan shartnomasi 2028-yil iyun oyining oxiriga qadar amal qiladi.

Syorlot joriy mavsumda La Ligada to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hozircha gol ura olmadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting