locale OZ

U17 JCH. Kamerun 90+3-daqiqada gol urib, O‘zbekistonga yo‘llanmani olib berdi

Qatarda o‘tkazilayotgan U17 Jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turida «K» guruhi bahslari yakunlandi.
Futbol
U17 JCH. Kamerun 90+3-daqiqada gol urib, O‘zbekistonga yo‘llanmani olib berdi
photo: gettyimages
U-17 Jahon chempionati
27.11.2026, Yak.
Ruminiya (17 yoshgacha)
3
Kamerun U17
1

U17 JCH. Kamerun 90+3-daqiqada gol urib, O‘zbekistonga yo‘llanmani olib berdi

Qatarda o‘tkazilayotgan U17 Jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turida «K» guruhi bahslari yakunlandi.

Ruminiya o‘smirlar jamoasi Kamerun ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘lim boshida yevropaliklar uchta gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. O‘yin yakunida kamerunliklar safida Aviyel Xentcho Nseke javob to‘pini kiritdi.

Ushbu natija Ruminiyaga 3 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Biroq ruminiyaliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra O‘zbekistondan ortda qoldi. O‘zbekiston U17 jamoasi 3 ochko va +1 to‘plar nisbati bilan eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari reytingida 8-pog‘onani egallab, 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, o‘zbekistonliklar pley-off bosqichida guruh bosqichining eng yaxshi jamoasi — Ispaniya U17 jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ikkinchi bahsda esa Venesuela va Meksika nursiz durang qayd etdi. Har ikki jamoa 7 ochkodan jamg‘ardi. To‘plar nisbatiga ko‘ra, Meksika guruhda birinchi, Venesuela esa ikkinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchinchi tur yakunlariga ko‘ra, Meksika va Venesuela 7 ochkodan to‘pladi. Ruminiya 3 ochko bilan uchinchi, Kamerun esa ochkosiz to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

JCH U17. 3-tur
Ruminiya — Kamerun 3:1

Venesuela — Meksika 0:0

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, 12 ta guruhda 3-o‘rinni egallagan eng yaxshi 8 ta jamoa:

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting