ATF rahbariyati Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi faoliyati bilan tanishdi
ATF rahbariyati Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi faoliyati bilan tanishdi
Osiyo tennis federatsiyasining rivojlanish bo‘yicha ijrochi direktori Punit Gupta hamda prezident faoliyati masalalari bo‘yicha ijrochi direktori Manprit Kandhari O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi Sardor Kamilov hamrohligida Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ATF rahbariyati maktabning moddiy-texnik bazasi, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yosh tennischilarni tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, murabbiylar va sportchilar bilan muloqot o‘tkazilib, mamlakatimizda tennisni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.