locale OZ

Superliga. «Xorazm» safarda «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Urganchliklar Rafayel Tavareshning dubli evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Futbol
Superliga. «Xorazm» safarda «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi
photo: Qo'qon-1912

O‘zbekiston Superligasining 29-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Xorazm»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bahsning 60-daqiqasida Rafayel Tavaresh hisobni ochdi. 80-daqiqada esa Maksim Shiryayev uzatmasidan so‘ng yana bir bor gol urib, dubl qayd etdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Xorazm» 30 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Qo‘qon-1912» esa 24 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

Superliga. 29-tur
Qo‘qon-1912 — Xorazm 0:2

Gollar: Tavaresh 60, 80.
Ogohlantirishlar:
Hamidjonov 51, Toshtemirov 65, Axrorov 71, Tabatadze 90+2.

Qo‘qon-1912: Davronov, Toshtemirov (Akramov, 75), Yoqubov, Gvazava (Sidiqov, 68), Husanov (Tabatadze, 75), Nimeli, Sohibjonov (Gadoyev, 68), Pazildinov, Malikjonov, Giorgadze, O‘ktamov (Hasanov, 68).
Xorazm: Ergashev, Otaxonov, Muzaffarov (Abduxoliqov, 90+2), Azimov (Abduhamidov, 46), Tavaresh (Sultonov, 90+2), Ortiqboyev, Hamidjonov (Shiryayev, 75), Rom, Pirmuhammadov, Axrorov, Sabino (Bekchanov, 82).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting