World Boxing Prezidenti Gennadiy Golovkin Toshkentga keldi
Ertaga Toshkentda boks bo‘yicha World Boxing Jahon kubogining final bosqichi start oladi.
Boks
photo: boks Uzbekistan
World Boxing Prezidenti Gennadiy Golovkin Toshkentga keldi
Ertaga Toshkentda boks bo‘yicha World Boxing Jahon kubogining final bosqichi start oladi.
Bugun mazkur musobaqani kuzatib borish uchun World Boxing Prezidenti, Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari Gennadiy Golovkin poytaxtimizga yetib keldi.
Martabali mehmonni Milliy Olimpiya qo‘mitasi va mamlakat boks federatsiyasi rahbariyati Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldi.
Ma’lumot uchun, Jahon kubogining yakuniy bosqichida 30 davlatdan 132 nafar bokschi ishtirok etadi.