locale OZ

Ronaldo: «2002 yilgi Braziliya istalgan jamoani mag‘lub eta olardi»

Sobiq hujumchi faoliyati davomida to‘p tepgan eng kuchli jamoa sifatida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Braziliya milliy jamoasini tanladi.
Futbol
Ronaldo: «2002 yilgi Braziliya istalgan jamoani mag‘lub eta olardi»
photo: gettyimages

Braziliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo faoliyati davomida o‘ynagan jamoalari orasidan eng kuchlisini aytdi.

«Men o‘ynagan eng yaxshi jamoa? Bu 2002 yilgi Braziliya milliy jamoasi. Biz dunyoning istalgan jamoasini mag‘lub eta olardik. Roberto Karlos faoliyatining eng yaxshi davrida edi. Kafu, Lusio, Edmilson, Roberto Silva, Rivaldo, Ronaldinyo, Juninyo — barchamiz birgalikda juda yaxshi o‘ynardik!», — deya Ronaldoning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Ma’lumot uchun, 2002 yilgi jahon chempionatida braziliyaliklar barcha yetti bahsda g‘alaba qozongan. Finalda esa Germaniya milliy jamoasi 2:0 hisobida mag‘lub etilgan. Har ikki golga Ronaldo mualliflik qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting