Vali Sultonov: «Afsuski, g‘alabani qo‘ldan chiqardik»
«Xorazm» bosh murabbiyi «Buxoro»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
photo: Xorazm fk
O‘zbekiston Superligasi
21.11.2026, Yak.
Xorazm
0
Buxoro
0
Urganchda «Xorazm» va «Buxoro» klublari o‘rtasidagi bellashuvda darvozalar daxsiz qoldi – 0:0.
Mazkur uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vali Sultonov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:
- Bugun harakat qildik, afsuski, g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Uchta asosiy o‘yinchimiz jarohati sababli ishtirok eta olishmadi. Bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Lekin futbolchilarimiz qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi, bor kuchini berishdi. Ko‘rdinglar, vaziyatlarimiz ham bo‘ldi.
Nima ham derdik, jangovar durang bo‘ldi. Oldinda yana ikkita o‘yinimiz bor. Xudo xohlasa, bo‘lajak o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz», - deya Sultonovning co‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.