locale OZ

Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» superkambek evaziga g‘alaba qozondi

Eldorning gollari soni 9 taga yetdi. Ushbu bellashuvda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Yildirim het-trikka erishdi.
Futbol
Turkiya Superligasi. Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» superkambek evaziga g‘alaba qozondi
photo: gettyimages
Turkiya Superligasi
23.11.2026, Yak.
Istanbul Bashakshahar
4
Corum FK
2

Turkiya chempionatining 12-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Chorum» bilan to‘qnash keldi. Mehmonlar 2:0 hisobida oldinga chiqib olganiga qaramay, yakunda istanbulliklar g‘alabani ilib ketdi. Eldor Shomurodov ushbu bahsda Superligadagi 9-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi sardori maydonda 90 daqiqa harakat qildi.

Bu natijadan so‘ng «Bashakshehir» 20 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Chorum» esa 16 ochko to‘plab, 11-pog‘onada.

Turkiya Superligasi. 12-tur
Bashakshehir — Chorum 4:2
Gollar:
Shomurodov 78, Yildirim 82, 86, 90+1 – Ramires 29, Mahmich 68.
Bashakshehir — Muhammad, Karbovnik, Opoku, Emin, Saba (Bulut, 46), Kaluzinski, Olsen, Kemen, Brnich, Zelke (Yildirim, 69), SHOMURODOV.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting