Ter Shtegenni ijaraga olmoqchi boʻlgan ikki klub nomi maʼlum boʻldi
Ispaniyaning «Jirona» hamda Angliyaning «Aston Villa» klublari «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni mavsum oxirigacha ijara asosida tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik golkiper muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida ijara variantiga ijobiy qaramoqda.
Ter Shtegen 2026 yilgi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasidagi asosiy o‘rnini saqlab qolishni istamoqda. Qayd etilishicha, agar u «Barselona»da qolsa, terma jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann uni chaqirmasligi mumkin.
Joriy mavsumning birinchi qismida Mark-Andre ter Shtegen bel qismidagi jarohati sabab tiklanish jarayonidan o‘tdi. Maydonga qaytgach, u hozircha faqatgina Ispaniya Kubogida bitta uchrashuvda ishtirok etdi.