Rossiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan yo‘qotishga uchradi
Bu ma’lumotni «Dinamo» klubi bosh direktori Pavel Pivovarov tasdiqlagan.
Futbol
photo: gettyimages
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
12.11.2026, 10.00
O‘zbekiston
-
Rossiya
-
Rossiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan yo‘qotishga uchradi
Moskva shahrining «Dinamo» klubi himoyachisi Maksim Osipenko jarohati sabab Rossiya terma jamoasi qarorgohini tark etib, klub ixtiyoriga qaytdi. Bu ma’lumotni «Dinamo» klubi bosh direktori Pavel Pivovarov tasdiqlagan.
«Osipenko tibbiy sabablarga ko‘ra “Dinamo” ixtiyoriga qaytdi. U MRT tekshiruvidan o‘tdi. Chamasi, o‘yindan keyin jarohat olgan va ma’lum muddat maydonga tusha olmaydi», — dedi Pivovarov.
Ayni paytda Rossiya terma jamoasi Toshkentga yetib kelib, shu yerda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. 12 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi maydonga tushadi.