Nepomyanshiy: «O‘zbekiston — Rossiyaga qarshi o‘yinda favorit»
O‘zbekiston milliy jamoasi 12 oktabr kuni Toshkentda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
Bo‘lajak o‘yin oldidan rossiyalik futbol mutaxassisi, o‘z vaqtida O‘zbekiston milliy jamoasini boshqargan Valeriy Nepomnyashiy o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘zbekiston milliy jamoasi — Jahon chempionati ishtirokchisi. Mening fikrimcha, aynan o‘zbekistonlik futbolchilar ushbu uchrashuv favoriti hisoblanadi.
Rossiya futbolchilari payshanba kuni munosib o‘yin ko‘rsatish uchun bor kuchlarini ishga solishlariga to‘g‘ri keladi», — deya Nepomnyashiyning so‘zlarini keltiradi «RB Sport» nashri.
O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi bellashuv «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.