locale OZ

UFCning tajribali jangchisi shartnomasi tugamasdan tashkilotni tark etdi

36 yoshli sportchi tashkilot bilan shartnomasi bo‘yicha yana ikkita jang o‘tkazishi kerak bo‘lganiga qaramay, muddatidan oldin ketishga qaror qilgan.
Boshqa sport turlari
UFCning tajribali jangchisi shartnomasi tugamasdan tashkilotni tark etdi
Foto: Getty Images

Braziliyalik MMA jangchisi Norma Dumont UFC bilan hamkorligini yakunlaganini e’lon qildi. 36 yoshli sportchi tashkilot bilan shartnomasi bo‘yicha yana ikkita jang o‘tkazishi kerak bo‘lganiga qaramay, muddatidan oldin ketishga qaror qilgan. Bu haqda MMA Fighting xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Dumontga UFC bilan amaldagi kelishuvi yakunlanganidan keyin yangi shartnoma taklif qilinmasligi oldindan ma’lum qilingan. Shu sababli u tashkilotdan ketish bo‘yicha murojaat qilgan va rahbariyat uning iltimosini qondirgan. Braziliyalik sportchi faoliyatini yakunlash haqida ham o‘ylaganini tan olgan.

Biroq Dumontga boshqa tashkilotlardan manfaatli takliflar kelib tushgan. Xususan, yirik boks promouterlaridan biri unga professional boksda jang qilish imkoniyatini taklif etgan. Yana bir MMA tashkiloti esa chempionlik kamari uchun jang o‘tkazish taklifi bilan chiqqan. Jangchining aytishicha, hozircha u boksga o‘tish variantiga ko‘proq qiziqmoqda va 2027-yilda ringga chiqishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Norma Dumont UFCda sakkiz yil davomida faoliyat olib borib, 13 ta jang o‘tkazgan. Ularning to‘qqiztasida g‘alaba qozonib, to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan. Braziliyalik sportchi so‘nggi ikki bahsida Joselin Edvards va Aylin Peresga hakamlar qarori bilan imkoniyatni boy bergan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting