locale OZ

Messi va Ronalduning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan ikki futbolchi nomi aytildi

Mutaxassis bu borada Kilian Mbappe va Lamin Yamalning imkoniyatlarini alohida ta’kidladi.
Futbol
Messi va Ronalduning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan ikki futbolchi nomi aytildi
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu xalqaro faoliyatini yakunlaganidan keyin jahon futbolida kimlar yetakchilik qilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Mutaxassis bu borada Kilian Mbappe va Lamin Yamalning imkoniyatlarini alohida ta’kidladi. Bu haqda EFE axborot agentligi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, De la Fuente Messi va Ronalduning futbol tarixidagi o‘rniga yuqori baho bergan. Uning fikricha, ikki yulduz nafaqat maydondagi natijalari, balki uzoq yillar davomida g‘alabaga intilishi va professional munosabati bilan ham ko‘plab futbolchilarga namuna bo‘lgan.

Ispaniyalik murabbiy Mbappe va Yamal haqida gapirar ekan, ularning kelgusi yillarda jahon futbolining asosiy yulduzlariga aylanishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, u futbol uchun birgina yetakchi emas, balki bir nechta kuchli yulduzlarning o‘zaro raqobatlashishi foydali ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Lamin Yamal “Barselona” va Ispaniya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan. Kilian Mbappe esa “Real Madrid” va Fransiya terma jamoasi safida faoliyatini davom ettirmoqda. Har ikki hujumchi yangi futbol avlodining eng mashhur vakillari qatoridan joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting