locale OZ

Vitaliy Denisov Rossiyaga qarshi o‘yin haqida: “O‘zbekiston ushbu uchrashuvning favoriti”

O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 12-noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Vitaliy Denisov Rossiyaga qarshi o‘yin haqida: “O‘zbekiston ushbu uchrashuvning favoriti”
Foto: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Uning fikricha, mazkur bahsda O‘zbekiston terma jamoasi favorit hisoblanadi.

Denisov O‘zbekistonning imkoniyatlarini yuqori baholab, bunga Rossiya terma jamoasi so‘nggi yillarda xalqaro musobaqalarda qatnashmayotganini sabab qilib ko‘rsatdi. Shu bilan birga, u raqib tarkibidagi bir qator futbolchilar jamoamizga qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.

“O‘zbekiston terma jamoasidan yaxshi o‘yin kutyapman. Muxlislar stadionga kelib, futboldan zavq olishlarini istayman”, — dedi Denisov. Sobiq futbolchi ikki terma jamoa kamdan-kam to‘qnash kelishini eslatib, Matvey Safonov, Aleksandr Golovin, Aleksey Miranchuk va Aleksey Batrakov kabi futbolchilarning imkoniyatlariga ham e’tibor qaratdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 12-noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da boshlanadi. Rossiya klublari va terma jamoalari 2022-yildan buyon xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting