Abduqodir Husanov noyabr oyidagi yig‘inga jalb etilmadi, Eldor Shomurodov esa yig‘inning dastlabki kunlarini o‘tkazib yuboradi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Abduqodir Husanov ishtirok etmaydi.
Futbol
photo: gettyimages
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
12.11.2026, 10.00
O‘zbekiston
-
Rossiya
-
Abduqodir Husanov noyabr oyidagi yig‘inga jalb etilmadi, Eldor Shomurodov esa yig‘inning dastlabki kunlarini o‘tkazib yuboradi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Abduqodir Husanov ishtirok etmaydi.
Milliy terma jamoa murabbiylar va tibbiy shtabi himoyachimizning holatidan kelib chiqib, uning tiklanish jarayonlarini davom ettirish maqsadida futbolchini yig‘inga jalb etmaslikka qaror qildi.
Qaydnomaga kiritilgan hujumchimiz Eldor Shomurodov esa oilaviy sabablarga ko‘ra yig‘inning dastlabki kunlarini o‘tkazib yuboradi.