locale OZ

“Manchester Siti” quyi ligaga tushsa, Holand “Barselona”ga o‘tadi - manba

Norvegiyalik yulduz 2025-yil yanvarida “shaharliklar” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Futbol
“Manchester Siti” quyi ligaga tushsa, Holand “Barselona”ga o‘tadi - manba
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning kelajagi haqida fikr bildirdi. Ingliz futboli afsonasining taxminicha, agar “Siti” moliyaviy qoidabuzarliklar sabab Angliya Premyer-ligasidan chetlatilsa, norvegiyalik hujumchi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.

Skoulz bu fikrni “The Good, The Bad & The Football” podkastidagi suhbat davomida aytgan. Undan “Manchester Siti” quyi ligaga tushirilgan taqdirda Holand qaysi klubni tanlashi mumkinligi so‘ralgan. Sobiq futbolchi esa hujumchining kelajagini Ispaniya chempionati bilan bog‘lagan.

“Barselona”. Aslida u “Real Madrid” futbolchisiga o‘xshaydi. Uni “Real Madrid” libosida bemalol tasavvur qila olaman. Lekin menimcha, u “Barselona”ga boradi”, — dedi Skoulz.

Ma’lumot uchun, Holand 2025-yil yanvarida “Manchester Siti” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Amaldagi kelishuv 2034-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Hozircha futbolchining klubni tark etishi yoki “Barselona” bilan muzokara olib borayotgani haqida tasdiqlangan ma’lumot yo‘q. Skoulzning bayonoti faqat ehtimoliy vaziyatga oid shaxsiy taxmin hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting