locale OZ

Zinedin Zidan va Kilian Mbappe o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi

Bunga murabbiyning futbolchini maydondagi odatiy pozitsiyasidan boshqa joyda o‘ynatish qarori sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Futbol
Zinedin Zidan va Kilian Mbappe o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan va jamoa sardori Kilian Mbappe o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga murabbiyning futbolchini maydondagi odatiy pozitsiyasidan boshqa joyda o‘ynatish qarori sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Zidan va Mbappe o‘rtasidagi munosabatlar avvaldan murakkab bo‘lgan, biroq mutaxassis terma jamoani boshqara boshlaganidan keyin vaziyat yanada keskinlashgan. Xususan, Turkiyaga qarshi uchrashuvda Mbappening hujum markazidan chap qanotga o‘tkazilgani futbolchiga yoqmagan. Uning o‘rnida esa Usmon Dembele markaziy hujumchi sifatida harakat qilgan.

Shuningdek, avvalgi yig‘in davomida Zidan va Mbappe deyarli muloqot qilmagani ta’kidlanmoqda. Shunga qaramay, fransiyalik mutaxassis noyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan foydalanib, jamoa sardori bilan munosabatlarini yaxshilash niyatida. Murabbiy futbolchini o‘zi afzal ko‘radigan markaziy hujumchi pozitsiyasiga qaytarishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasi 12-noyabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida Italiyaga qarshi maydonga tushadi. 15-noyabrda esa Turkiya bilan kuch sinashadi. Mbappe Italiyaga qarshi uchrashuv oldidan terma jamoaning mashg‘ulotlaridan birini o‘tkazib yuborgani ham xabar qilingan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting