locale OZ

«Inter» Kyezani qishda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Transfermarkt portalida futbolchining transfer qiymati 10 million yevro etib baholangan.
Futbol
«Inter» Kyezani qishda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Liverpul» vingери Federiko Kyeza qishki transfer oynasida Milan shahrining «Inter» klubiga o‘tishi mumkin.

«Neradzurri» hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda va joriy mavsumda deyarli maydonga tushmayotgan 29 yoshli italiyalik futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Nikколo Chekkarini xabar berdi.

Avvalroq ham Kyezaning Italiyaga qaytish istagi borligi haqida bir necha bor xabarlar tarqalgan edi.

Federiko Kyeza joriy mavsumda «Liverpul» safida faqat bitta uchrashuvda ishtirok etdi. «Fiorentina» va «Yuventus»ning sobiq yulduzi mersisaydliklar bilan 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga ega.

Transfermarkt portalida futbolchining transfer qiymati 10 million yevro etib baholangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting