locale OZ

«Real» Enzo Fernandes uchun kurashga qo‘shilishi mumkin

Fernandesning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.
Futbol
«Real» Enzo Fernandes uchun kurashga qo‘shilishi mumkin
Фото: Getty Images

«Real» klubi yana bir bor «Manchester Siti» yarim himoyachisi Enzo Fernandesga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

«Qirollik klubi» argentinalik futbolchi hali «Chelsi» safida to‘p surayotgan paytlardayoq uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga olingandi. O‘tgan yozda yarim himoyachi «shaharliklar» safiga ko‘chib o‘tdi, biroq endi transferga oid mish-mishlar yana qayta avj oldi.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, «Real» kelasi yilning yozgi transfer oynasida Fernandesni xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Madrid grandi 25 yoshli futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Shu bilan birga, argentinalik futbolchi uchun kurashga «Barselona» va «Atletiko» ham qo‘shilishi mumkin.

Enzo Fernandesning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 120 million yevro deb baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting