locale OZ

“Real Madrid” “Kichik Messi”ni qo‘lga kiritishga yaqin

16 yoshli hujumchi Yevropaning bir qator yetakchi klublari e’tiborini tortgan.
Futbol
“Real Madrid” “Kichik Messi”ni qo‘lga kiritishga yaqin
Foto: Getty Images

Madridning “Real” klubi “Manchester Yunayted” akademiyasi tarbiyalanuvchisi JJ Gabrielni transfer qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. 16 yoshli hujumchi Yevropaning bir qator yetakchi klublari e’tiborini tortgan. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan va uni yanvar oyidayoq tarkibga qo‘shishni rejalashtirmoqda. Biroq hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokara bo‘lmagan. Gabrielning “Manchester Yunayted” akademiyasi bilan amaldagi ro‘yxatdan o‘tish muddati mavsum oxirigacha davom etadi.

Yosh futbolchi sentabr oyida ingliz klubidan ketish istagini bildirgan va shundan buyon jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmayapti. Uning xizmatlariga “Barselona”, PSJ va “Bavariya” ham qiziqish bildirgan. “Manchester Yunayted” esa transfer amalga oshsa, yosh futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga rioya etilganini tekshirish va zarur bo‘lsa, huquqiy choralar ko‘rishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, Gabriel avvalroq “Manchester Yunayted”ning asosiy jamoasi bilan mavsumoldi mashg‘ulotlarida qatnashgan va 15 yoshida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Uning Ispaniyaga o‘tishi tegishli futbol qoidalari va ruxsat berish jarayonlariga bog‘liq.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting