locale OZ

Raúl Asensio faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Avvalroq futbolchiga «Benfika» klubi ham qiziqish bildirgan edi.
Raúl Asensio faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Raúl Asensio faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, yangi bosh murabbiy Jose Mourinho rejasiga kirmaydigan 23 yoshli futbolchiga "Marsel" klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, Asensio dastlab Madridni tark etishni istamagan. Biroq klubning talabidan so'ng u transferga rozilik berishi mumkin. "Marsel" ispaniyalik himoyachini 15 million yevro miqdorida majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, kelishuv amalga oshsa, "Real" Asensioning kelajakdagi ehtimoliy transferidan tushadigan mablag'ning 25 foiziga egalik qilish huquqini saqlab qoladi.

Avvalroq futbolchiga Portugaliyaning "Benfika" klubi ham qiziqish bildirgan edi. Biroq Lissabon jamoasi "Real" uchun himoyachini qayta sotib olish bandini kelishuvga kiritishdan bosh tortgani sababli muzokaralar samarasiz yakunlangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting